Madaniyat vazirligi UNESKO tomonidan ajratilgan grantlar oʻgʻirlanganini gumon qilmoqda

0

UNESKO tomonidan qadimiy shaharlarni saqlash va rekonstruktsiya qilish uchun 1995-yildan buyon ajratib kelingan mablagʻlar oʻgʻirlangan boʻlishi mumkin, dedi jurnalistlar bilan uchrashuvda Oʻzbekiston Madaniyat vaziri oʻrinbosari Kamola Akilova.

korrespondent.uz 007
Foto: Google Images

“Biz qiziq bir hujjatni aniqladik. 1995-yildan boshlab bizning shaharlarimiz uchun UNESKO tomonidan koʻplab marotaba grantlar ajratib kelingan”, – dedi Akilova.

Pul mablagʻlari Samarqand va Buxoro shaharlarining menejment-rejasi va hatto ayrim muayyan tarixiy obyektlarning restavratsiyasi uchun ajratilgan boʻlgan.

“Bu pullar qaysi maqsadlar uchun sarflab yuborilganini aniqlashtirish uchun maxsus komissiyani tashkil etish vaqti keldi. Biz nega hozir hammasini “nol”dan boshlayapmiz”, – dedi vazir oʻrinbosari.

Xabar qilinishicha, gap aniq kishilar haqida bormoqda, batafsil maʼlumot keyinroq beriladi.

Oʻz navbatida, Oʻzbekiston madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev Samarqand va Buxoro shaharlari bilan oʻnlab yillar davomida hech kim shugʻullanmaganini, hokimlar esa oʻzboshimchalik bilan yerlarni sotish, noqonuniy qurilish va uylarni buzish ishlari bilan shugʻullanganliklarini qoʻshimcha qildi.

Sayfullayevning soʻzlariga koʻra, faqat 2018-yildagina Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilingan boʻlib, hujjatda UNESKO ruxsatisiz hech kim uy qurish yoki buzish ishlarini amalga oshirish huquqiga ega emasligi belgilangan boʻlgan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting