Oʻzbek estrada yulduzlariga Gugushaga boʻlgan muhabbatlari “qimmatga tushdi”

0

Oʻzbek sanʼatkorlari Gulnora Karimovaga boʻlgan muhabbatlari uchun jazoga tortildi, deb xabar bermoqda mahalliy OAVlar.

korrespondent.uz 006
Foto: Instagram.com

Xabarda aytilishicha, Zoʻr TV xususiy telekanali ijtimoiy tarmoqlarda Gulnora Karimovani qoʻllab-quvvatlagan artistlarni efirdan chetlatgan.

Misol uchun, qoʻshiqchi Jahongir Poziljonov va aktrisa Xalima Ibragimova koʻngilochar shoularni olib borishdan chetlatilgan boʻlsa, Rayhon Gʻaniyeva va Ziyoda Qobilovalarning qoʻshiqlari ham efirdan olib tashlangan.

Bir vaqtning oʻzida Jahongir Poziljonov ishtirokidagi chips reklamasi plakatlari shaharning turli burchaklaridan olib tashlangan va ular boshqa banerlar bilan almashtirilgan.

Eslatib oʻtamiz, ilgariroq oʻzbek shou-biznesi vakillari ijtimoiy tarmoqlarda Gulnora Karimovaning tezroq koloniyadan ozod etilishi haqida soʻzlovchi chellenjni boshlab berishgan edi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting