AQSh Kongressi Donald Trampning millatchilik qilganini qoraladi

0

AQSh Kongressi Vakillar palatasi a’zolari Donald Trampning Twitter’da kongresschi-ayollarga qarshi millatchilik ruhida yozilgan izohlarini qoralagan rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatladi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.

korrespondent.uz 003
Foto: EPA

Rezolyutsiya ko‘pchilik ovozlariga ko‘ra qabul qilingan. Qonun chiqaruvchilarning 240 nafari bu rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatlagan, 187 nafari esa bunga qarshi chiqqan. Qo‘llab-quvvatlaganlarning aksariyati demokratlardir.

Ushbu rezolyutsiyaning qabul qilinishi rasmiy xususiyatga ega emas va prezident uchun hech qanday yuridik oqibatlarga olib kelmaydi.

Hujjatda aytilishicha, “muhojirlar va ularning avlodlari Amerikaning kuchli bo‘lishiga yordam bergan va ularning fuqarolikni qabul qilganlari bir necha avloddan beri AQShda yashayotgan amerikaliklar kabidir”.

Eslatib o‘tamiz, Tramp AQShning Demokratlar partiyasidan bo‘lgan to‘rt nafar ayolni keskin tanqid qilgan edi. U ayollarni o‘z yurtlariga qaytib, o‘sha yerda tartib o‘rnatishga chaqirgan. Bunda ularning faqat biri Somalidan kelgan, xolos. Qolganlari Amerikada tug‘ilgan. Tramp, shuningdek, kimga AQSh siyosati yoqmayotgan bo‘lsa, mamlakatni tark etishni maslahat bergan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting