Dunyodagi eng qudratli narkobaron sanalgan El Chapo AQShda umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

AQSh sudi “Sinaloa” narkokartelining 62 yashar yetakchisi, El Chapo laqabi bilan mashhur bo‘lgan Xoakin Gusmanni umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

korrespondent.uz 002
Foto: BBC

U muddatidan oldin ozod qilinish huquqiga ega emas.

Xoakin Gusman vatani Meksikada ikki bor qamalgan va ikkisida ham qamoqxonadan qochgandi. 2016-yili, uchinchi bor ushlanganida mamlakat rasmiylari uni AQSh ixtiyoriga topshirishga qaror qilgan.

El Chapo dunyodagi eng qudratli va taniqli narkobaron sanalardi. Forbes uning mol-mulkini 1 milliard dollar baholab, sayyoraning eng badavlat kishilari ro‘yxatiga kiritgan.