Markaziy harbiy okrugida jurnalist va blogerlar oʻrtasida harbiylashgan musobaqa oʻtkaziladi (foto+video)

0

Markaziy harbiy okrugi qoʻmondonligi tashabbusi bilan 17 iyul kuni Jizzax viloyatidagi ʼʼForishʼʼ togʻ poligonida internet nashrlari hamda mustaqil faoliyat yuritayotgan jurnalistlar hamda blogerlar oʻrtasida harbiylashgan musobaqa boʻlib oʻtadi.Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati ma’lum qildi.

Mudofaa vazirligi miqyosida birinchi marta oʻtkazilayotgan ushbu musobaqa shartlariga koʻra, blogerlar poligonda oʻq otish mashqlarini bajarib, har biri pistolet hamda avtomatdan merganlik qobiliyatini sinovdan oʻtkazishadi. Shu bilan birga, musobaqa ishtirokchilariga jangovar texnikalardagi ekipaj tarkibida 10 kmga harakatlanish, kunning ikkinchi yarmida axloqiy-ruhiy toʻsiqlar yoʻlagidan oʻtish kabi vazifalar yuklatilgan.

Shuningdek, asosiy tadbirlar rejasiga,konsert dasturi, harbiy orkestr va qoʻl jangi chiqishlari hamda taqdirlash marosimi oʻtkazilishi kiritilgan.

Tanlov yakunida Markaziy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni polkovnik Oybek Saidov bilan davra suhbati oʻtkazilib, otish tayyorgarligidan eng yuqori natija koʻrsatgan bir nafar jurnalist va blogerga qoʻmondonning maxsus sovgʻasi topshiriladi. Qolganlar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.

Tanlov bir kun ertalabki soat 09.00dan 21.00ga qadar boʻlib oʻtadi. Jurnalist va blogerlarni poytaxtdan kelib-ketishi uchun texnika ajratiladi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting