Ukraina sharqidagi to‘qnashuvlarda o‘zbekistonlik 32 yashar yollanma jangchi otib o‘ldirildi

0

3-iyul kuni Ukraina sharqida davom etayotgan qurolli to‘qnashuvlar chog‘ida Donetsk xalq respublikasi ayirmachilari safida jang qilgan o‘zbekistonlik Hojiakbar Sharipov otib o‘ldirilgan.

korrespondent.uz 008
Foto: Ca-News

Bu haqda xabar qilgan Ukraina armiyasi zobiti Anatoliy Shtefanga ko‘ra, Sharipov Yasinovataya posyolkasi hududidagi jangda halok bo‘lgan. U xabarga marhumning tobutdagi suratini ham ilova qilgan.

korrespondent.uz 009
Foto: Ca-News

Navoiy viloyatida tug‘ilib-o‘sgan Sharipovning jasadi 6-iyul kuni O‘zbekistonga yuborilgani aytilmoqda.

korrespondent.uz 010
Foto: Ca-News

U bilan shaxsan tanish bo‘lgan DXR jangchilarining bildirishicha, “O‘zbek” taxallusi bilan tanilgan Sharipov Donetsk aeroporti, Bles, Avdeyevka va Promka uchun janglarda qatnashgan, yaqin orada O‘zbekistonga borib kelishni rejalashtirgan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting