O‘zbekistonlik yoshlar o‘z biznesini olib borishga tayyormi?

0
51
marta oʻqilgan

Yoshlarimizning tadbirkorlikka bo‘lgan munosabati qanday? Ular o‘z bizneslarini yuritayotganda qanday to‘siqlarga uchraydi va ular uchun qanday imkoniyatlar mavjud?

korrespondent.uz 007

Mehnat bozorida ish o‘rinlarining cheklanganligi, “birovning” qo‘l ostida ishlash istagi yo‘qligi, o‘z ambitsiyalarini qondirish, g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish – shu va boshqa sabablar yoshlarni o‘z shaxsiy biznesini ochish uchun qaror qilishga asos bo‘lishi mumkin. U-Report “Oila” markazi bilan qanchalik yoshlar tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun tayyorligi va ular qanday to‘siqlarga duch kelayotganligi to‘g‘risida ma’lumot olish maqsadida ushbu so‘rovnomani o‘tkazdilar. So‘rovnoma natijalari “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi tomonidan yosh oilalar uchun biznes yuritish bo‘yicha ta’lim dasturlarini rejalashtirishda ishlatiladi.

 So‘rovnomada mamlakat bo‘ylab 4500ga yaqin respondent ishtirok etdi.

YOSHLAR TADBIRKORLIGI TO‘G‘RISIDAGI SO‘ROVNOMANING ASOSIY NATIJALARI:

  1. O‘z biznesini boshlash uchun eng katta qiziqish 25-30 yoshdagilar guruhida kuzatildi – ushbu toifadagi respondentlarning 67%i o‘z biznesini boshlashni xohlaydi, boshqa yosh toifasidagi guruhlarda esa bu raqam 55% ni tashkil etdi.
  2. So‘rov natijalariga ko‘ra, respondentlarning 24% bilim, ko‘nikma va biznes tajribasi yo‘qligi tufayli o‘z bizneslarini yopishgan.
  3. Respondentlarning ko‘pchiligi (77%) o‘z tuman/hududlarida biznesni o‘rganish va olib borish bo‘yicha maxsus o‘quv kurslari mavjudligi haqida xabardor emasligini ayt
  4. Yoshlar o’z bizneslarini amalga oshirishda duch kelayotgan asosiy to‘siqlar kerakli moliyaviy resurslarning yetishmasligi (47%) va tegishli bilim va tajriba yo’qligi (20%).
  5. So’rovnoma ishtirokchilarining 55% turmush o’rtog’i bilan hamkorlikda tadbirkorlikni boshlash g’oyasini qo’llab-quvvatladi. Shu bilan birga, ayollar (61%) erkaklarga nisbatan (51%) bu fikrni ko’proq qo’llashdi.
  6. Respondentlarning 56% “tanish-bilish”siz O’zbekistonda biznes ochish va olib borish mumkin, ammo qiyin deb hisoblashar ekan. So’rovda ishtirok etganlarning 12% biznes yuritish bilan bog’liq masalalarda “tanish-bilish”siz iloji yo’q deb aytishdi.
  7. Biznesni rejalashtirish yoshlarning biznes bo’yicha ta’lim olish sohasidagi eng yuqori talablaridan ekan (42%). Ikkinchi va uchinchi o’rinlarda – tadbirkorlik hususiyatlarini rivojlantirish (22%) va hujjatlar bilan ishlash (12%).
  8. So’rovda ishtirok etganlarning 33% hech qanday mahalliy tadbirkorlarni bilmasligini bildirdi yoki ularning familiyasi/ismini aytolmadilar.

korrespondent.uz 001

So’rovnomada ishtirok etganlarning ko’pchiligi (61%) o’z bizneslarini boshlashni istashlarini aytishdi. 22% i ba’zan bu haqda o’ylaganlar. Erkaklar (66%) orasida ayollarga (53%) nisbatan tadbirkorlik bilan shug’ullanish istagi kuchliroq. Shu bilan birga, ayollar erkaklarga nisbatan (27%) ko’proq biznes ochish haqida o’ylashar ekan (19%). 25-30 yoshdagi respondentlarning 67%i o’z bizneslarini amalga oshirishni xohlashadi.

Biz o’z bizneslarini ochishni istamaganliklarini ko’rsatgan respondentlarning 6% – nima uchun o’z biznesini ochishni istamaganligi so’radik va quyidagi javoblarni oldik:

  1. Qiziq emas – 38%
  2. Meniki emas – 28%
  3. Omadsizlikdan qo’rqish – 11%
  4. G’oya yo’q – 9%
  5. Pul yo’q – 9%

Shuningdek, respondentlarning 2% nima sababdan o’z bizneslarini yopishga togri kelganligini so’radik – va quyidagi natijalarni oldik:

  1. Pul yetmadi – 23%
  2. Boshqa (yozing) – 22%
  3. Daromad bo’lmadi – 20%
  4. Men qanday rivojlanishni bilmasdim – 10%
  5. Bilim / tajriba yo’q edi – 7%
  6. Hujjatlarni yurita olmadim – 7%
  7. Menga to’g’ri kelmas ekan- 6%
  8. Jamoa bo’lmadi – 3%

Shunday qilib, so’rov natijalariga ko’ra, respondentlarning 24% bilimlari, malakalari va ish tajribalari yetishmasligi tufayli o’z bizneslarini yopishga to’g’ri kelgan.

UREPORTYORLAR FIKRI:

“QQSning 20% kiritilgandan so’ng, firmada kichik aylanmasi va katta aylanma yo’qligi sababli yopishimiz kerak boldi va mijozlar uchun maxsulotimizni sotib olish foydali emas, bozor monopolistiga esa bu kichik farq”.

“Mablag’lar biznesni rivojlantirish uchun ishlatilmayapti. Ijara juda qimmat. Boshqa xarajatlar”.

“Put yetmadi va daromad yetishmadi. Keyinchalik qanday rivojlantirish kerakligini bilmadim”.

“Alumindan eshik rom yasardim bir o’zim, endi buni yakka tartibda yuritishga qonun yo’l quymaydi…”

“Soliq xodimlariga pora taklif qilmadim, shuning uchun ular ishlashga imkoniyat berishmadi.”

korrespondent.uz 002

Respondentlarning 43% o’z biznesini qanday ochishni qisman o’rganib chiqishgan va respondentlarning faqat 15% ushbu masalani juda diqqat bilan o’rganishganlarini ta’kidladilar. Biznesni olib borish asoslarini o’rganmaganlardan ichida 49% ayollardir va faqatgina 30% erkaklardir.

So’rovda ishtiroq etganlarning aksariyati (77%) o’z sohalarida biznesni yuritish uchun maxsus kurslar mavjudligi to’g’risida xabarador emasliklarini ta’kidladilar. Ishtirokchilarning faqat 2% bunday kurslarda o’qiganlarini aytishdi.

korrespondent.uz 003

Yoshlarni o’z bizneslarini amalga oshirishda asosiy to’siqlar – kerakli moliyaviy resurslarning yetishmasligi (47%) va tegishli bilim va tajribaning yo’qligi (20%). Shu bilan birga, 51% erkaklar va 39% ayollar orasida moliyaviy resurslarning yetishmasligi biznes yuritishda to’siqlar sifatida e’tirof etilgan bo’lsada, ayollarning 26% va erkaklarning 17% bilim va ko’nikmaga ega emasligi qayd etildi.

Boshqa” (11%)  javor varinatini korsatgan respondentlarning kopchiligi, oqishi va yoshidan kelib chiqib, oz ishlarini boshqarish haqida oylashlari juda erta ekanligini takidlashdi. U-Reportyorlarning fikricha, o’qish ko’p vaqt talab qilgani tufayli ko’pchilik o’zlarining biznes g’oyalarini amalga oshirish uchun yetarli vaqt topa olmaydilar va buni keyinroqqa qoldirishadi. Boshqa to’siqlar orasida korruptsiya va byurokratiya, biznesni amalga oshirish uchun bank krediti va/yoki yerni/hududni olish bilan bog’liq muammolar qayd etilgan. Tadbirkorlik faoliyatiga xoshish istak yoki qiziqishi bo’lmagan yoshlar ham bor.

korrespondent.uz 004

So’rovnoma ishtirokchilarining 55% turmush o’rtog’i bilan hamkorlikda tadbirkorlikni boshlash g’oyasini qo’llab-quvvatladi. Shu bilan birga, ayollar (61%) erkaklarga nisbatan (51%) bu fikrga ko’proq qo’shiladi. So’rovnoma ishtirokchilarining faqat 11% bu savolga qat’iy “yoq” deb javob berishdi: ulardan 14% erkaklar va faqat 7% ayollar oilaviy biznes yuritishga qarshi chiqdilar.

Respondentlarning 56% “tanish-bilish”siz O’zbekistonda biznes ochish va olib borish mumkin, ammo qiyin deb hisoblashar ekan. So’rovda ishtirok etganlarning 12% biznes yuritish bilan bog’liq masalalarda “tanish-bilish”siz yuritib bo’lmaydi deb aytishdi. Respondentlarning faqatgina ¼ biznes yuritish uchun “tanish-bilishlarning” yordami kerak emas deb ta’kidlashdi. Shu bilan birga, respondentlarning yoshi qanchalik past bo’lsa, shunchalik o’z biznesini birovning yordamisiz yuritishiga ishonchi balandroq: agar 14-19 yoshdagi respondentlar ichida bunday javobni 42% bergan bo’lsa, 20-30 yoshdagi respondentlar ichida faqatgina 23% bu javobni tanlashgan.

korrespondent.uz 005

Biznesni rejalashtirish yoshlarning biznes bo’yicha ta’lim olish sohasidagi eng yuqori talablaridan ekan (42%). Ikkinchi va uchinchi o’rinlarda – tadbirkorlik hususiyatlarini rivojlantirish (22%) va hujjatlar bilan ishlash (12%).

“Boshqa” javob variantini (5%) ko’rsatgan respondentlarning ko’pi yuqorida aytib o’tilgan barcha biznes treninglar kerak deb hisoblashadi. Qo’shimcha yo’nalishlar sifatida tovar va xizmatlar bozoriga bo’lgan talabni o’rganish, marketingga o’qitish, biznesdagi “netvorking”ni o’rganish, tahdidlarni baholash, axborot xavfsizligi konsepsiyasini anglash va tatbiq qilish hamda korrupsiyasiz biznes yuritishni o’rgatishni taklif etishdi.

korrespondent.uz 006

Biz U-Reportyorlardan ularga qaysi mahalliy biznesmenlar biznesni yuritish uchun master-klass otib berishlarini xohlaydilar deb soradik va shu tarzda yoshlar orasida eng mashxur 10 tadbirkorni aniqladik:

  1. Alisher Usmonov – milliarder, USM Holding asoschisi.
  2. Zafar Xashimov – Anglesey Foods kompaniyasining asoschisi (korzinka.uz supermarketlari tarmog’i, Smart do’koni, City Taxi va RedTag kiyim do’koni asoschisi).
  3. Murad Nazarov – Murad Buildings qurilish va rivojlantirish kompaniyasining asoschisi va rahbari
  4. Jahongir Ortiqxo’jaev – “Akfa” kompaniyasining asoschisi, 2018 yil 21 dekabrdan Toshkent shahar hokimi
  5. Panaevlar – Qoraqalpog‘iston Respublikasidan tadbirkorlar
  6. Hikmat Abdurahmonov – HUMO Partners kompaniyalari guruhining asoschisi, AMBiT raisi
  7. Hasan va Husan Mamasaidovlar – DEKOS va Deli.uz kompaniyalari rahbarlari
  8. Fattoh Shodiev – “Eurasian National Resources Corporation” egalaridan biri, milliarder
  9. Feruz Allaev – Asaxiy.uz onlayn-do’konining asoschisi
  10. Jahongir Po’latov – Cambridge o’quv markazlarini asoschisi.

So’rovda ishtirok etganlarning 33% hech qanday mahalliy tadbirkorlarni bilmasligini bildirdi yoki ularning familiyasi/ismini aytolmadilar. Bundan tashqari, respondentlarning 5% O’zbekistonlik biznesmenlardan biznesni olib borish bo’yicha master-klasslarga ehtiyoji yo’qligini aytdilar.

Shu bilan birgalikda, yoshlar quyidagi tadbirkorlardan biznesni olib borish bo’yicha master-klass olishni xohlashlarini bildirdi: Miraziz Ahmedov (interyer dizayneri), Ibrohim G’ulomov (“Perfect Consulting Group” rahbari, biznes maslahatchi), Aziz Amilov (Crafers), Ahmadbay Tursunboyev (Chinozlik), Umid Gafurov (Troll.uz), Ulug’bek Po’latov (Telegramda kanallarni targ’ib qilish bo’yicha 18 yoshli biznes maslahatchi), Shahzoda Muxammedova (liboslar dizayneri, kino aktrisa) Botir Arifjanov (Paynet asoschisi), Islom Panaev (Nukusdagi “Stroi vektor” , “Panamilk” boshlig’i), Akmal Payziev (Newmax Technologies va MyTaxi asoschisi), Mirzakarim Norbekov (Norbekov maktabi asoschisi), Timur Musin (restoran biznesida asos soluvchi), Sanjar Maksudov (Smart Group restoranlarining asoschisi va boshqaruvchisi: Brasil restoranlar, Blinoff, Manas), Pavel Georganov (kafe “Kafe” asoschisi), Sardor Davletyarov (@ bellstore.uzbekistan @ matrix.uzbekistan @ lorealpro.uzb @ biolage.uzb loyihalar asoschisi), Abduhamid Abduvahabov (Premium LIFE loyihasining asoschisi: biznes-trener, amaliyotchi, motivator) EVOS va BEK kompaniyalari rahbarlari, Salimboy Abduvaliev, Ulug’bek Sotiboldiev (“Bek Cluster” MChJ boshlig’i) va boshqalar.

Izoh: So’rov natijasida olingan ma’lumotlar UNICEF ning ushbu mavzuga munosabatini aks etmaydi, reprezentativ ma’lumot emas va so’rovda qatnashgan 4500 ga yaqin respondentlarning fikridir.