Liga Kubogi. “Qo‘qon-1912” “Buxoro”ga 6 ta gol urdi, “Paxtakor” esa “Lokomotiv”ni mag‘lub etdi

0

7-iyul, yakshanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Liga Kubogining 3-tur uchrashuvlari doirasida 4 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

korrespondent uz 058
Foto: “Championat.asia”

Kunning dastlabki o‘yinida “Qo‘qon-1912” klubi o‘z maydonida “Buxoro”ni qabul qildi.

Uchrashuv davomida mezbon jamoa yarim himoyachisi Suhrob Berdiyev (3—penalti, 7, 24, 90+1) pokerga erishgan bo‘lsa, uning jamoadoshi Temur Usmonov (28, 51) dubl qayd etdi. Buxoroliklardan esa hujumchi Andrey Sidorov 59-daqiqada penaltidan gol urdi.

Shu tariqa qo‘qonliklar musobaqaning 3-turida “Buxoro” klubini yirik hisobda taslim etdi (6:1).

Ro‘ziqul Berdiyev qo‘l ostidagi Qarshining “Nasaf” klubi safarda “Mash’al”ga qarshi maydonga tushdi.

O‘yinda “Mash’al” hujumchisi Mo‘min Meliyevning 16-daqiqada kiritgan goliga qarshiliklar Bobur Abduholiqovning (18, 25, 30) het-triki hamda Doniyor Narzullayevning goli bilan javob qaytardi.

Natijada “Nasaf” mehmonda “Mash’al”ni 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Shu kuni “Andijon” klubi o‘z uyida Namanganning “Navbahor” jamoasi bilan bahsga kirishdi.

Bellashuv vaqtida Andijon klubi vakillari Sardor Sulaymonov (35), Dilshod Rahmatullayev (50) va Doniyor Ismoilov (60) o‘z nomiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi.

Shu tariqa “Andijon” “Navbahor” darvozasiga javobsiz 3 ta gol urdi va 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Turning markaziy o‘yinida Toshkentning ikki klubi “Paxtakor” hamda “Lokomotiv” o‘zaro bellashdi.

To‘qnashuvning 18-daqiqasida “sherlar” yarim himoyachisi Sardor Sobirxo‘jayev hisobni ochgan bo‘lsa, 66-daqiqaga kelib “temiryo‘lchilar” a’zosi Azizbek Omonov hisobni tenglashtirdi (1:1). 75-daqiqada esa hujumchi Igor Sergeyev “Paxtakor”ning g‘alaba goliga mualliflik qildi (2:1).

Musobaqaning 3 ta turi yakuniga ko‘ra chorak finalga yo‘l olgan klublar ma’lub bo‘ldi. Qur’a orqali chorak final juftliklari aniqlab olinadi. Hozircha qur’a qachon bo‘lishi ma’lum emas.

Chorak finalga chiqqan klublar:

  • “A” guruhi: “Sho‘rtan”, “Dinamo”
  • “B” guruhi: “Qo‘qon-1912”, “Paxtakor”
  • “C” guruhi: OKMK, “Metallurg”
  • “D” guruhi: “Andijon”, “Nasaf”

O‘zbekiston Liga Kubogi

3-tur bahslari

7-iyul, yakshanba

“Qo‘qon-1912”—“Buxoro” 6:1

Gollar: 1:0 — 3, penalti, Suhrob Berdiyev, 2:0 — 7 Suhrob Berdiyev, 3:0 — 24 Suhrob Berdiyev, 4:0 — 28 Temur Usmonov, 5:0 — 51 Temur Usmonov, 5:1 — 59, penalti, Andrey Sidorov, 6:1 — 90+1 Suhrob Berdiyev

“Mash’al”—“Nasaf” 1:4

Gollar: 1:0 — 16 Mo‘min Meliyev, 1:1 — 18 Bobur Abduholiqov, 1:2 — 25 Bobur Abduholiqov, 1:3 — 30 Bobur Abduholiqov, 1:4 — 81 Doniyor Narzullayev

“Andijon”—“Navbahor” 3:0

Gollar: 1:0 — 35 Sardor Sulaymonov, 2:0 — 50 Dilshod Rahmatullayev, 3:0 — 60 Doniyor Ismoilov

“Paxtakor”—“Lokomotiv” 2:1

Gollar: 1:0 — 18 Sardor Sobirxo‘jayev, 1:1 — 66 Azizbek Omonov, 2:1 — 75 Igor Sergeyev

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting