Markaziy harbiy okrugida Oʻzbekistondagi eng katta harbiy poligon qurilyapti (foto+video)

0

Markaziy harbiy okrugidagi “Kattaqoʻrgʻon” poligonida Samarqand viloyati harbiy-maʼmuriy sektori bilan hamkorlikda hududi va salmogʻi jihatidan Oʻzbekistondagi birinchi raqamli harbiy poligon barpo etilyapti. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati maʼlum qildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Kattaqoʻrgʻon shahridan 200 km uzoqlikdagi poligonda olib borilayotgan qurilish ishlari joriy yilning 25-may kunidan boshlanib, shu vaqtga qadar 13 mlyard. soʻm mablagʻ sarflangan. Yana shuncha mablagʻ hisobidan poligon hududida 16 ta harbiy va ijtimoiy obyektlarda kapital taʼmirlash hamda 4 ta yangi binoni jihozlash ishlari yoʻlga qoʻyilgan. Shu bilan birga 1200 nafar harbiy xizmatchi uchun yotoqxona barpo etilgan.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Jangovar texnikalar parkida 150 dan ziyod harbiy texnikalar uchun ochiq maydon hamda yopiq binolar barpo etilmoqda.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

“Askar” akademiyasi nomini olgan dala oʻquv maydonidagi oʻzgarishlar haqida Markaziy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonining birinchi oʻrinbosari – shtab boshligʻi polkovnik Qahramon Achilov bilan suhbatlashdik.

“Poligonni katta qismi harbiy-maʼmuriy sektor yordamida, 40 ga yaqin oʻquv nuqtalari esa harbiy xizmatchilarning mashgʻulotlaridan boʻsh vaqtlarda bunyod etilmoqda. Eski poligondan farqli tomoni bir vaqtning oʻzida barcha mutaxassisliklar hamda qoʻshin turlari bir-biriga xalaqit qilmay oʻz istehkomlaridan mashgʻulotlarga kirishadi. Bundan tashqari, dala maydonida real jang manzarasini gavdalantirish maqsadida aviatsiya zarbalari uchun harbiy hisobdan chiqarilgan 18 ta tank va texnikalar, shuningdek, artilleriya boʻlinmalar uchun maxsus nishonlar qoʻyilgan. Jangovar texnikalardan otish yoʻnalishlarida zamonaviy jang taktikasidan kelib chiqib, qisqa soniyalarda manyovr qoʻllash obyektlari qurilyapti. Barcha kuch-vositalarini boshqarish, hamkorlikdagi harakatlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida 3 qavatdan iborat qoʻmondonlik kuzatuv minorasi barpo etilmoqda. Kelgusida Oʻzbekiston mezbonlik qiladigan Xalqaro musobaqalarni baʼzilari ham aynan mana shu poligonda oʻtkazilishi koʻzda tutilgan.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Shuningdek, poligonda zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanish maqsadida optik tolali kabellar tortildi. Yer ostidan suv qazib chiqarildi. Okrug boshqaruv apparati tashabbusi bilan askarlar uchun koʻrgazmali oʻquv shaharcha bunyod etildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda dala oʻquv maydonlari boʻyicha Markaziy harbiy okrugiga qarashli “Kattaqoʻrgʻon” va “Forish” birinchi va ikkinchi oʻrinda, “Fargʻona” poligoni esa uchunchi oʻrinda turadi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting