UzAuto Motors rahbari: Kompaniyani rebrending qilish bizga mustaqillik berdi

0

4-iyul kuni Asaka avtomobil zavodida UzAuto Motors kompaniyasi rahbariyati ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi “Daryo”.

korrespondent uz 055

Matbuot anjumanida UzAuto Motors kompaniyasi bosh direktori vazifasini bajaruvchi Rustam Rajabov kompaniyaning rebrending qilinishi sabablarini izohladi.

“Internetda o‘qiyapman, mana GM ketdi endi nima bo‘ladi, deb yozishyapti. GM ketgani yo‘q. Biznish ish faoliyatimizda hech narsa o‘zgargani yo‘q. Buni rivojlanishning keyingi bosqichi deb atash mumkin.  Biz yang texnologiyalarni o‘zlashtirish, mahalliylashtirish darajasini oshirish imkonini beruvchi yangi tizimga o‘tdik. Bu tizimning nomi GM Alyans. Bu O‘zbekiston uchun foydali. Biz ular bilan ishlab avtomobillarga umuman o‘zgartirish kirita olmas edik. Chunki GM’ning o‘z texnik talablari bor. Avtomobilning rangi yoki farasiga o‘zgartirish kiritish uchun GM’ning Amerikadagi, Koreyadagi ‘kattalari’ga chiqardik, ularni kutardik. Kompaniyani rebrending qilish bizga mustaqillik berdi.

Alyansda biz GM bilan ishlashda davom etishimiz yozilgan. Chevrolet brendini ishlatamiz. Texnologiyalarimizni rivojlantiramiz. GM bilan ishlashning yangi modellarini o‘zlashtiramiz. Shunday ekan, faoliyatda hech qanday o‘zgarish bo‘lmaydi”, — deyd Rustam Rajabov.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting