PSJ yangi transferini e’lon qildi

0
9
marta oʻqilgan

Ispaniyalik yarim himoyachi Ander Errera faoliyatini PSJda davom ettiradi. Bu haqda klubning rasmiy saytida e’lon qilindi.

korrespondent uz 054
Foto: PSJ rasmiy sayti

29 yoshli xavbek o‘zining yangi klubi bilan 2024-yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.

Erreraning so‘nggi klubi “Manchester Yunayted” edi. 2018/19-yilgi mavsum oxirida esa u “qizil iblislar” safini erkin agent sifatida tark etdi.

Ma’lumot uchun, Errera “Yunayted” safida 189 ta uchrashuvda maydonga tushib, 20 ta gol urdi hamda 27 ta golli pas berishga erishdi.