Saida Mirziyoyeva: Xotin-qizlarni ishga joylashtirishga xizmat qiladigan platforma loyihasi ko‘rib chiqildi

0

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva Facebook’dagi sahifasida Beshta tashabbus bo‘yicha ishchi guruhning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tganini ma’lum qildi.

korrespondent uz 052
Foto: O‘zA

“O‘zbekiston Prezidentining Beshta tashabbusini Implementatsiya qilish dasturini amalga oshirish bo‘yicha ishchi guruhning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Dasturning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash bilan bog‘liq masalalar batafsil muhokama qilindi. Harakatlar algoritmi belgilab olindi. Wi-Fi/3G/4G texnologiyasi negizida ishlaydigan hamda yoshlar ta’limi va xotin-qizlarni ishga joylashtirish bo‘yicha tegishli dasturlar yaratishga xizmat qiladigan multimediali kommunikatsiya platformasining loyihasi ko‘rib chiqildi.

Taqdim etilgan takliflar uchun barchangizga alohida minnatdorlik bildiraman. Faol fuqarolik pozitsiyangiz, fikr-mulohazalaringiz uchun rahmat. Har bir taklif chuqur o‘rganib chiqiladi, zero bu loyihaning ajralmas qismi bo‘lib, shubhasiz, uning samaradorligi, mahsuldorligini oshirish, davlat va jamiyatga xizmat qiladigan dasturga aylantirishga yordam beradi. Shunday hamjihat faoliyatni yo‘lga qo‘yayotganimiz juda soz, chunki bu albatta, ijobiy natija beradi va yangi muvaffaqiyatlarga erishishimizga xizmat qiladi”, — deyiladi postda.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting