Putin Ukraina bilan munosabatlar tiklanishi shartlarini ma’lum qildi

Moskva va Kiyev o‘rtasidagi munosabatlarning yaxshilanishi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy saylovoldi va’dalarini bajarishiga bog‘liq. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.

korrespondent uz 051
Foto: rusonline.org

“Kiyev bilan amaliy muloqot Zelenskiy saylovoldi va’dalari, jumladan, Donbassdagi fuqarolari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatish va ularni ayirmachilar deyishni to‘xtatgan taqdirda mumkin. Ukrina rasmiylari Minsk kelishularini inkor etishi emas, hurmat qilishi zarur”, — dedi Putin.

Rossiya prezidentiga ko‘ra, “Ukraina fuqarolari Zelenskiy va uning komandasidan bayonotlar emas, aniq harakatlar va yaxshi tomonga o‘zgarishlar”ni kutmoqda.