Toshkentda Spark haydab ketayotgan ayol hushini yo‘qotib, “Bo‘zsuv” kanaliga quladi

0
34
marta oʻqilgan

Toshkentda 1-iyul kuni soat taxminan 12:30 larda ayol boshqaruvidagi Spark “Bo‘zsuv” kanaliga tushib ketgan. Bu haqda ayolning o‘zi — Nadejda Ivanova Facebook’dagi sahifasida yozib qoldirgan.

korrespondent uz 045
Foto: Facebook

Ma’lum bo‘lishicha, hodisaga uning to‘satdan hushidan ketishi sabab bo‘lgan. Oqibatda 12 metr balandlikdan chuqurligi 5 metr bo‘lgan “Bo‘zsuv” kanaliga qulagan. Mashina suvga to‘lgan. Ayol darz ketgan old oyna orqali chiqishga muvaffaq bo‘lgan.

Jabrlangan ayol tush vaqti bo‘lgani uchun ko‘chada hech kim bo‘lmagani, shuningdek, qirg‘oq tik bo‘lganligi sababli darhol chiqib keta olmaganini aytgan. Qo‘l, oyoq va tananing turli darajadigi kesilish bilan jarohatlangan. Hozirda uning ahvoli yaxshi.