Markaziy harbiy okrug qoʻmondoni btgrda faol ishtirok etgan 100 nafar harbiy xizmatchini ragʻbatlantirdi(foto)

0

Markaziy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan batalyon taktik guruhi shaxsiy tarkibini pul mukofoti hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan ragʻbatlantirdi.

Dastlab Mudofaa vazirligi miqyosida videoselektor tarzida oʻtgan yigʻilishda iyul oyi yakuni boʻyicha okruglar ichida namuna sifatida Markaziy harbiy okrugi koʻrsatildi. Harbiy okrug mazkur yutuqqa erishishida oddiy askarning ham alohida roli bor, albatta.

Shu bois, anʼana tusini olayotgan mazkur tadbirda Navoiy, Jizzax hamda Samarqand viloyatida joylashgan harbiy qismlardan tashrif buyurgan ofitserdan tortib, oddiy askarlargacha eʼtibordan chetda qolmadi.

  • Jazirama issiq yoki qahraton sovuqdami dala oʻquv mashgʻulotlarida qatnashaman. Faollikni biror daqiqa qoʻldan boy bermayman. Menga dalda berib turadigan kuch, ota-onamni duosi, safdoshlarimning qoʻllab turishi, komandirlarimning gʻamxoʻrligidir. Mana, bugun Qoʻmondondan pul mukofoti olar ekanman, qoʻlimni siqib, ota-onangga rahmat, barakalla, degan gapi meni ruhlantirdi, bir oddiy askar uchun bu katta sharaf, – deydi shartnoma asosidagi harbiy xizmatchi, oddiy askar A. Tursunov.

Shuningdek, tadbirda oy davomida ijro intizomi, jangovar tayyorgarlik va bir qator yo’nalishlar bo’yicha yutuq va kamchiliklar chuqur tahlil qilinib, namuna ko’rsatgan shijoatli yigitlarga, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda hissa qoʻshayotgan nafaqadagi harbiy xizmatchilar va keksa avlod vakillariga esdalik sovg’alari topshirildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting