Zafar Hoshimov tadbirkorlarning noroziliklariga javob qaytardi

0

26-iyun kuni Savdo-sanoat palatasida mahalliy tadbirkorlik subyektlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazilgan edi. Unda aksariyat tadbirkorlar korzinka.uz supermarketlaridan noroziliklarini bildirganlar.

korrespondent uz 042
Foto: Xalqaro press-klub

3-iyul kuni Xalqaro press-klubning “Soliq islohotlarining navbatdagi bosqichi: soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yanada takomillashtirish” mavzusidagi sessiyasida nega korzinka.uz supermarketlar tarmog’i asoschisi Zafar Hoshimov mahalliy ishlab chiqaruvchilardan olingan tovarlar pulini 2 oy ichida to’lashi, xorijdan olib kelinayotgan mahsulotlarga esa 100% oldindan haq to’lashi masalasiga to’xtalib o’tildi.

“Import mahsulotlarini oldindan to’laydi degan gapning o’zi noto’ri, xorijdan keladigan mahsulotlar puli 90 kundan 180 kungacha bo’lgan muddatda to’lab beriladi”, — deb javob berdi Zafar Hoshimov.

Uning so’zlariga ko’ra, to’lov bilan bog’liq barcha masalalar qonunga va ta’minot shartnomalariga muvofiq tartibga solinadi. Tomonlar ushbu shartlarni muhokama qiladilar va shartnomani imzolaydilar.

“Mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan mahsulot pulini shartnomaga binoan kelishilgan muddat ichida to‘lab berish bo‘yicha sudgacha boruvchi muammolar bo‘lmagan”, — deydi tadbirkor.

Shuningdek, korzinka.uz supermarketlar tarmog’i asoschisi QQSning O’zbekiston iqtisodiyotiga kiritilishi tarafdori bo’lgani va QQS eski yagona soliqdan ko’ra afzalroq ekanligini ta’kidladi.

Tadbirkor agar fermer xo‘jaliklari unga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilsa, ularning qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash yoki to‘lamasligini so‘rashini va albatta, QQS to‘laydigani bilan hamkorlik qilishini, negaki savdo zanjiri uzilsa, bu narx-navoga salbiy ta’sir ko‘rsatishini qayd etdi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting