Putin raketalar boʻyicha oʻta muhim qonunni imzoladi

0
30
marta oʻqilgan

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Oʻrta va kichik masofadagi raketalarni yoʻq qilish toʻgʻrisidagi shartnoma bajarilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi federal qonunga imzo chekdi. Tegishli hujjat huquqiy axborot rasmiy internet portalida eʼlon qilingan.

Foto: Regnum

“Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi va Amerika Qoʻshma Shtatlari oʻrtasida 1987-yil 8-dekabrda Vashingtonda imzolangan Oʻrta va kichik masofadagi raketalarni yoʻq qilish toʻgʻrisidagi shartnoma bajarilishi toʻxtatilsin”, – deyiladi hujjat matnida.

Qonunda Rossiya tomonidan shartnomani qayta tiklash toʻgʻrisidagi qaror davlat rahbari tomonidan qabul qilinishi belgilangan.

Ushbu shartnoma Mixail Gorbachev va Ronald Reygan tomonidan 1987-yilning dekabrida imzolangan edi. 1991-yilning iyun oyiga kelib shartnoma bajarilgan: Sovet Ittifoqi 1846 dona, AQSh esa 846 dona raketa komplekslarini yoʻq qilgan. Biroq, AQSh yetakchisi Donald Tramp 2-fevraldan boshlab AQSh ushbu shartnomadan chiqishini eʼlon qildi.