Sharja amirining o‘g‘li Londondagi uyidan o‘lik holda topildi

0

Sharja shahri amirining o‘g‘li shayx Xolid bin Sulton Al Qosimi 39 yoshida vafot etdi, deb xabar beradi Tengrinews.

korrespondent uz 033
Foto: Evening Standard

The Sun nashrining yozishicha, Al Qosimi 1-iyul kuni Londondagi uyining vannaxonasidan o‘lik holda topilgan. Qo‘li galstuk bilan bog‘langan Al Qosimining yonida shpirtslar bo‘lgan. O‘lim sabablari hozircha noma’lum.

Sodir bo‘lgan voqea sabab Birlashgan Arab Amirliklarida uch kunlik motam e’lon qilingan.

Xolid Al Qosimi Sharja amiri shayx Sulon bin Muhammad Al Qosimining uchinchi o‘g‘li hisoblanadi. U Buyuk Britaniyada yashab, o‘zining Qasimi kiyim brendiga asos solgandi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting