“Chelsi” Morataning “Atletiko”dagi ijara shartnomasini bekor qilmoqchi

0
12
marta oʻqilgan

“Atletiko” ga ijaraga berilgan Alvaro Morata shartnoma muddati tugamasidan “Chelsi” ga qaytishi mumkin. Bu haqda “Diario AS” nashri xabar bermoqda.

Korrespondent.uz 006
Foto: draftfantasyfootball.co.uk

Manbaning ta’kidlashicha, rahbariyat ijara shartnomasini bekor qilishni rejalashtirgan. “Morata” shartnomaga ko‘ra, 18 oy davomida “Atletiko” da o‘ynashi lozim edi. Biroq shartnomada o‘yinchini muddatidan oldin qaytarib olish haqida bo‘lim borligini keltiradi manbaa.

Manbaga ko‘ra, Madrid klubi Chelsi’ning harakatlaridan norozi. “Atletiko” bu shartnomani 55 million yevroga sotib olsa, “Morata” ni klubda saqlab qolishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 26 yoshli ispaniyaliklar futbolchi yanvar oyida Madrid klubi bilan shartnoma imzoladi. Shu kunga qadar hujumchi “Atletiko” dagi 17 uchrashuvda maydonga tushib, oltita gol muallifiga aylandi.