Kiyev yaqinidagi odamlar gavjum bo‘ladigan joyga Putinga atab qabrtosh o‘rnatildi

0

Kiyev yaqinidagi Yagotin shahrida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning surati tushirilib, ismi yozilgan qabrtosh paydo bo‘ldi, deb xabar beradi “Bigmir.net”.

Korrespondent.uz 002

Bir necha mahalliy aholi Putin uchun qabrtoshini buyurtma qilib, odamlar gavjum bo‘ladigan joyga o‘rnatgan. Toshga Putinning portretidan tashqari “Vladimir Vladimirovichga baxtli ukrainaliklardan”, deb yozib qo‘yilgan. Shuningdek, qabrtoshiga xoch ham chizilgan.

“Qadrdon yagotinliklar sifatli qabrtosh yasashni biladi”, — deb yozadi Aleksand Xarchenko ismli Facebook foydalanuvchisi.

Avvalroq, Milliy drujina faollari Urainaning Xarkov shahri markazida norozilik aksiyasini o‘tkazib, Konstitutsiya maydonida dor o‘rnatib, unga deputatlar suratlari yopishitirilgan qo‘g‘irchoqlarni osgan edi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting