Tramp: AQSh Afgʻonistondan qoʻshinlarni chiqarib, u yerda razvedka kuchlarini qoldiradi

0
14
marta oʻqilgan

AQSh Afgʻonistondagi qoʻshinlar sonini qisqartiradi, biroq u yerda razvedka boʻlinmalarini qoldiradi, deb bayonot qildi AQSh prezidenti Donald Tramp.

korrespondent uz 031
Foto: Sputnik

“Men u yerda juda kuchli razvedkani qoldirgan boʻlardim. Biz kuzatishimiz kerak… Men shunday qilgan boʻlardim va biz u yerda juda kuchli, xayolga kelmaydigan darajada kuchli razvedkani qoldiramiz. Bu oʻta muhim. Va biz shunday qila olamiz, lekin biz Afgʻonistondagi kuchlarimiz sonini sezilarli qisqartirishimiz kerak”, – deb aytgan u seshanba kuni Fox News telekanaliga bergan intervyusida.

Shu bilan birga u Afgʻonistonni “terrorchilar uchun laboratoriya”, deb atagan.

AQSh va uning ittifoqdoshlari 2001-yildan Afgʻonistonda toliblar va boshqa uyushmalarga qarshi operatsiyalarni oʻtkazib kelishadi. Ushbu harbiy kampaniya AQSh qurolli kuchlari tarixidagi eng uzoq davom etgan operatsiyaga aylandi. 2018-yilda prezident Donald Tramp administratsiyasi Janubiy Osiyoda yangi harakatlar strategiyasini taqdim etdi. U mintaqa mamlakatlarining Afgʻonistondagi mojaroni tartibga solishda yanada faol ishtirokini nazarda tutadi. Bundan tashqari, AQSh “Tolibon” radikal harakati bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralarni boshlagan. Toliblar matbuot kotibi Muhammad Suxayl Shaxin may oyi oxirida jurnalistlarga AQSh muzokaralarning navbatdagi raundida Afgʻonistondan qoʻshinlarini chiqarishi haqida eʼlon qilishini aytgan edi.

AQShning Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Zalmay Xalilzad, yangi afgʻonlararo uchrashuv Doxada 7-8-iyul kunlari Germaniya va Qatar vositachiligida oʻtkazilishini eʼlon qildi.