Eron parlamenti vakili: AQSh bizga hujum uyushtirsa, Isroil yarim soatda yo‘q qilinadi

0

Eron AQSh tomonidan hujum uyushtirilgan taqdirda Isroilni yo‘q qiladi. Bu haqda Eron parlamenti milliy xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Mujoba Zinnur ma’lum qildi, deya xabar beradi“Korrespondent.net”.

korrespondent uz 028
Foto: Sputnik

“Agar AQSh bizga hujum qilsa, Isroil yarim soatdan uyog‘iga bormaydi. Eronda yetarlicha harbiy qudrat bor”, — dedi Zinnur.

Shuningdek, u AQSh prezident Trampning Eronga zarba 10 daqiqa qolganda bekor qilingani haqidagi bayonotini “safsata” deb atadi. Qo‘shma Shtatlarning mintaqadagi barcha 36 ta harbiy bazasi Tehron kuzatuvida ekanligini bildirdi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting