Rossiyalik mashhur xonandaning otasi vafot etdi

0

Rossiyalik pop qo‘shiqchi Nikolay Baskovning otasi vafot etdi. Bu haqda xonanda Vladimir Vinokur Instagramdagi sahifasida xabar qildi.

Vinokurning sahifasida Baskovlarning oilaviy fotosurati nashr qilingan, unda qo‘shiqchi ota-onasi bilan tasvirlangan. Xonanda Baskov va uning onasi Yelenaga ta’ziya bildirgan.

67 yoshli otasining vafoti haqida Baskov Minskda bo‘lib o‘tayotgan Yevropa yoshlari tadbirining yopilish marosimi sahnasiga chiqishi oldidan bilgan va o‘z chiqishini otasiga bag‘ishlagan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting