Oʻzbekistonnig eng yaxshi koʻngilochar saytlari

0

Agar qadrdon pleylistingiz eskirib qolgan boʻlsa, uni eshitaverib charchagan boʻlsangiz yoki qadrdon filmlardan birini koʻrgingiz kelib qolsa, qanday yoʻl tutasiz? Ikkala vaziyatda ham quyida taqdim etilgan saytlar roʻyhati sizga yordam beradi. Biz yaxshi saytlarning kichik roʻyhatini (negaki yaxshi saytlar kam) tuzib chiqdik. Quyida ularning yaxshi tomonlari va kamchiliklari bilan tanishing.

TopMusic 

TopMusic – Birinchi musiqiy. Bu saytning eng qulayligi uning Tas-ix’da jolashganidir. Asosiy sahifada yangi qoʻshilgan va eng mashhur qoʻshiqlar roʻyhati joylashgan. Yana bir qulay tomoni musiqiy albomni bir marta “koʻchirish” tugmasini bosish orqali koʻchirib olishingiz mumkin. Ya’ni har bir qoʻshiqni alohida koʻchirib ovora boʻlmaysiz. Hech bir musiqa yoki qoʻshiq orasida ovozli reklama berilmagan. tasix

Mp3.uz

Mp3.uz – dunyoning deyarli barcha xit mp3’larini oʻzida jamlagan sayt. Saytda turli musiqa janrlari, konsertlar, albomlar, xitlar va soundtreklar mavjud. Saytga videokliplar ham joylangan. Kamchiligi: albomni toʻliq holicha koʻchirib boʻlmaydi va koʻchirish tezligida ba’zi provayderlar uchun cheklanishlar oʻrnatilgan.tasix

Player.uz

Aslida Player.uz’ni roʻyxatga qoʻshmasligimiz kerak edi. Negaki sayt avvaliga bepul boʻlib, keyinchalik pulli boʻldi. Oyiga 5000 soʻm yoki kuniga 500 soʻm evaziga siz saytning bazasida yuzlab serial va filmlarni tomosha qilishingiz mumkin. Sayt oʻzining alohida mobil ilovasiga ham ega. Biroq, mobil ilova uchun ham alohida toʻlov talab qilinadi. Player.uz multimediasida turli janrdagi eng ommabop xorij va rus seriallari joylashgan. Seriallarni tomosha qilish uchun saytda roʻyhatdan oʻtish va toʻlovni amalga oshirish shart. Sayt dizayni judayam chiroyli va tartibli boʻlib, tomoshabinlarga uning reklamasi xalaqit bermaydi. Kamchiligi: ba’zi provayderlar uchun koʻp hollarda cheklanishlar kuzatiladi va “koʻchirib olish” tugmasi yoʻq.tasix

Mover

Mover.uz – askiya, kino, TV, oʻyinlar, musiqa, avto, sport, ta’lim va boshqa boʻlimlardan iborat. Saytda 120 daqiqagacha boʻlgan koʻpgina videolarni tomosha qilishingiz mumkin. Shuningdek, Google Chrome brauzeri foydalanuvchilari saytdan xohlaganicha video koʻchirib olishi ham mumkin. Buning uchun Mover’dan video koʻchirish uchun moʻljallangan Yangichek dasturini sozlash kifoya. Dastur xozircha faqat Google Chrome uchun ishlab chiqilgan. Saytda profil yaratib, siz ham video qoʻshishingiz mumkin. Kamchiligi: ba’zida videoni koʻrishni boshlashingiz bilan, video reklama paydo boʻladi. Avval reklamani bir necha soniya koʻrishingiz kerak boʻladi. Yana bir kamchiligi, sayt yaratilganidan buyon uning dizayniga biron marta ham o‘zgartirishlar kiritilmadi. Fondagi reklamalar oʻzgaradi holos!  tasix

Oxo.uz

Oxo.uz saytida turli oʻzbek, rus, xorij film va seriallarini topishingiz mumkin. Videoni koʻrish uchun roʻyhatdan oʻtish shart emas. Koʻchirib olish ham muammosiz. Shuningdek saytga siz ham video qoʻshsangiz boʻladi. Yaqinda sayt dizayni butkul oʻzgardi. Kamchiligi: seriallar bitta faylga joylashtirilmagan.tasix

MyTube

MyTube – huddi Mover kabi oʻzida koʻpgina, turli sohalarga oid videolarni jamlagan. Uning sizga qulay boʻlgan tomoni har qanday videoni koʻchirib olishingiz mumkin. Buning uchun sizdan faqatgina saytda roʻyhatdan oʻtish talab etiladi.  Saytning kamchiliklari: ma’murlar sayt dizaynida oʻzgartirishlar qilsa yaxshi boʻlar edi. tasix