Ahmadboyning yangi ishi: yana 170 ga yaqin jabrlanuvchi sudda ko‘rsatma beradi

0

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati Quyichirchiq tuman sudi binosida sudlanuvchi Ahmadboy Tursunboyev va yana 16 kishiga nisbatan jinoyat ishining tergov tomonidan yakunlangan qismini ko‘rib chiqish bo‘yicha uchinchi ochiq sud bo‘lib o‘tmoqda, deb yozadi “Nuz.uz” Oliy sudga tayanib.

korrespondent uz 023
Foto: “Nuz.uz”

Sudlanuvchilar Ahmadboy Tursunboyev va boshqalar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik)da ko‘zda tutilgan jinoyatlarni amalga oshirganlikda ayblanmoqda.

Ayni paytda sud tergovi olib borilmoqda. Bugungi kunga qadar 170 ga yaqin jabrlanuvchining qariyb 90 nafari so‘roq qilingan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Quyichirchiq tuman sudida sudlanuvchilar Ahmadjon Tursunboyev va boshqalarga nisbatan jinoyat ishining tergov bilan yakunlangan qismini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud o‘z yakuniga yetgani may oxirida xabar qilingandi.

Sudlanuvchi Ahmadjon Tursunboyev O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 25-moddasi (jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish) orqali 168-moddasi (firibgarlik), 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishda nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga uzil-kesil 14 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tashi belgilandi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting