O‘zbekistonga 6 oyda 600 ta qimmatbaho avtomobil olib kirildi

0

Qiymati baland avtomobillar uchun bojxona to‘lovi kamaytirilgandan so‘ng 2019 yilning 6 oyi davomida premium toifaga mansub 600 dan ortiq avtomobil, 20 ta elektromobil O‘zbekiston hududiga olib kirilgan. Bu haqda 26 iyun kuni O‘zbekiston prezidenti Adminstratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «Bojxona sohasida tadbirkorlar uchun yaratilayotgan qulayliklar» mavzusida matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

korrespondent uz 022
Foto: Google Images

Agentlik rasmiy Telegram-kanalida xabar qilinishicha, xorijdan keluvchi avtotransport vositalari uchun bojlar qiymati ham qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2019 yilning 1 yanvaridan 40 ming AQSH dollari ekvivalentidagi, ishlab chiqarilganiga ikki yildan ko‘p vaqt o‘tmagan yengil avtomashinalar uchun nol stavkadagi import boji to‘lanishi amalga tatbiq etilgan edi. Shu bilan birga, aksiz solig‘i bojxona qiymatining 20 fozini tashkil qildi.

Shuningdek elektromobillar — faqatgina elektr dvigatel yordamida harakatni amalga oshiruvchi tarnsport vositalari (TN VED 870380 kodli) uchun ham nol stavkada boj tizimi belgilandi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting