Afg‘onistonga elektr energiyasini yetkazib berish shartnomasi 10 yilga mo‘ljallanadi

0

O‘zbekiston va Afg‘oniston qurilayotgan «Surxon — Puli-Xumri» elektr uzatish liniyasi orqali «ol va to‘la» tamoyili bo‘yicha elektr energiyasini yetkazib berishga shartnoma imzolamoqda. Bu haqda o‘tgan hafta juma kuni bo‘lib o‘tgan Energetika vazirligi brifingida energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xodjayev ma’lum qildi.

korrespondent uz 021
Foto: Gazeta.uz

Quvvati 500 kV bo‘lgan elektr uzatish tarmog‘i qurilishi to‘g‘risida 2017 yil dekabrida Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘anining O‘zbekistonga tashrifi vaqtida bitim imzolangan edi. O‘zbekiston hududida qurilish ishlari 2018 yil martida boshlandi. Tarmoqning uzunligi 260 km bo‘lib, O‘zbekistondan Afg‘onistonga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi hajmini 70 foizga oshirish va yiliga 6 mlrd kVt.s ga yetkazish imkonini beradi. 150 mln dollarga mo‘ljallangan loyihani 2020 yil oxirigacha yetkazish rejalashtirilgan.

Osiyo taraqqiyot banki Afg‘onistonga O‘zbekiston bilan energiya almashinuvi uchun kredit ajratdi.

Avvalroq Energetika vazirligi Markaziy Osiyo davlatlari operatorlari uchun elektr energiyasi ulgurji bozori birjasini yaratish tashabbusi bilan chiqqan edi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting