Markaziy harbiy okrugda inspektorlik tekshiruvi boshlandi(foto)

0

25-28 iyun kunlari Markaziy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonligi boshqaruv apparati hamda unga qarashli Samarqand va Jizzax garnizonidagi harbiy qismlarda inspektorlik tekshiruvi oʻtkazilyapti. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati maʼlum qildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

25-iyun kuni erta tong soat 02:00 da Mudofaa vazirining oʻrinbosari – Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshligʻi rahbarligidagi inspeksiya tekshiruvida dastlab boʻlinmalarning jangovar shayligi koʻrikdan oʻtkazildi. Jangovar trevoga signaliga asosan boʻlinmalar shaxsiy tarkibi belgilangan vaqt oraligʻida shay holatga keltirildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Keyingi bosqichda okrug boshqaruv apparati va harbiy qism shaxsiy tarkibi qariyb 200 km masofaga, yaʼni Kattaqoʻrgʻon dala-oʻquv maydoni tomon marsh yurishdi. Mazkur harakat davomida 600 ga yaqin harbiy va jangovar texnikalar qatnashdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Belgilangan masofaga yetib kelgan harbiy xizmatchilar tomonidan dala-oʻquv maydonida joylashuv va niqoblash ishlari amalga oshirildi. Mudofaa vazirligi masʼul ofitserlari tomonidan yurt himoyachilarining har bir harakati jiddiy sinovdan oʻtkazilmoqda.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Barcha shaxsiy tarkibning jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarligi sinovdan oʻtkazilgach harbiy qismga munosib baho beriladi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting