Vazir Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligidagi bir qator dolzarb masalalarga eʼtibor qaratdi (foto)

0
18
marta oʻqilgan

24-iyun kuni BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohasidagi tashkiloti (FAO) konferensiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri Jamshid Xodjayev nutq soʻzladi. Bu haqda Qishloq xoʻjaligi vazirligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qishloq xoʻjaligi vazirligi Matbuot xizmati

Dastlab konferensiyada ishloq ho’jalik vaziri butun dunyo eʼtiborini tortayotgan muammo – Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash masalasiga alohida eʼtibor qaratdi. Albatta, bu masalani hal etishda har bir davlatning oʻziga xos oʻrni borligi, Oʻzbekiston bu borada qoʻshni davlatlar bilan yaqin hamkorlikni oʻrnatish orqali Markaziy Osiyo mintaqasida savdo-sotiq tartiblarini soddalashtirish borasidagi koʻplab muammolarni yechishga muvaffaq boʻlayotgani sezilarli natijalarni beryapti.

Qishloq xoʻjaligi vazirligi Matbuot xizmati

“Bugun hech birimizni befarq qoldirmaydigan yana bir muammo bor. Jahon hamjamiyati tomonidan tan olingan– Orol fojiasini bartaraf etishga qaratilgan harakatlarni birlashtirish Oʻzbekiston tashqi siyosatining muhim yoʻnalishlaridan biridir. Ayniqsa, bu borada uning hududlarini oʻrmonzorga aylantirish choralari koʻrilmoqda. Shuningdek, BMT shafeligida Oʻzbekistonning Orolboʻyi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi boʻyicha koʻpsheriklik trast fondi tashkil etilgani, esa koʻplab davlatlar bu jamgʻarma faoliyatini qoʻllab-quvvatlamoqda”, dedi u.

Qayd etilganidek, yaqinda Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish borasida aniq vazifalar belgilangan boʻlib, ayni paytda mamlakatimizda oʻzlashtirish imkoni boʻlgan 1 million gektardan ortiq maydon qayta foydalanishiga erishiladi. Bu esa respublikada amalga oshirilayotgan muhim islohotlardan biridir. Shu boisdan Oʻzbekiston bu borada hamkorlar bilan ishlashga tayyor ekanligini maʼlum qildi.

Qishloq hududlarini rivojlantirish, aholi, ayniqsa, yoshlarni ish bilan taʼminlash muhim yoʻnalishlardan biri boʻlib, bu borada Prezidentimiz saʼy-harakatlari bilan barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda gender tengligini taʼminlash, xotin-qizlarning qishloq xoʻjaligidagi oʻrnini oshirish borasidagi ishlarni kengaytirishga keng yoʻl berilmoqda.

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohasidagi tashkiloti (FAO)ning Yevropa va Markaziy Osiyo uchun 32-hududiy konferensiyasining Oʻzbekistonda oʻtkazilishidan mamnunmiz. Bu bizga kelgusidagi ishlarimizni amalga oshirishda katta masʼuliyat yuklaydi.

Konferensiyada maʼruzada bayon etilgan masalalar xorijlik mutaxassislar tomonidan qoʻllab-quvvatlandi.