Tramp G20 sammitida Putin bilan uchrashadi

0

AQSH prezidenti Donald Tramp Yaponiyaning Osaka shahrida boʻlib oʻtadigan G20 sammitida Vladimir Putin bilan uchrashadi, deya maʼlum qildi Oq uy maʼmuriyatining yuqori martabali vakili. Bu RIA Novosti xabar qildi.

Korrespondent.uz 174
Foto: Sputnik

Ular uchrashuv davomida Eron, Suriya, Ukraina va qurollanish ustidan nazorat mavzularini muhokama qilishlari kutilmoqda. Shuningdek, amaldor Tramp Rossiyaning Amerika saylovlariga “aralashuvi” mavzusiga ham toʻxtalib oʻtishiga ishonch bildirgan.

Rossiya TIV uchrashuv boʻlib oʻtishi kerakligini maʼlum qildi.

Maʼlum boʻlishicha, AQSH yetakchisi Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdogʻan, Germaniya kantsleri Angela Merkel va XXR raisi Si Tszinpin bilan ham uchrashadi.

G20 sammiti Yaponiyaning Osaka shahrida 28-29 iyun kunlari boʻlib oʻtadi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting