Aris shahridagi portlashda halok bo‘lganlar soni ikki kishiga yetdi

0

Qozog‘istonning Aris shahrida joylashgan harbiy qismda yuzaga kelgan portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni ikki kishiga yetdi. Ular orasida harbiy xizmatchi ham bor, deb xabar beradi “Zakon.kz”.

Korrespondent.uz 169
Foto: Sputnik

Shuningdek, 165 kishi shifoxonaga murojaat qilgan. Ularning 76 nafariga birinchi yordam ko‘rsatilib, uylariga jo‘natilgan bo‘lsa, 89 nafar jabrlanuvchi statsionar davolanishga olib qolingan. 15 nafar bemor jonlantirish bo‘limida.

24-iyun kuni ertalab taxminan soat 09:20 da Qozog‘istonning Aris shahrida joylashgan harbiy qismda yong‘in yuz berdi, keyinchalik o‘q-dorilar portlashi sodir bo‘ldi.

Qutqaruvchilar tomonidan shaharda 15 ta evakuatsiya punktlari ochilgan va odamlar shahardan olib chiqib ketilmoqda. Evakuatsiyada 40 ta avtobus ishtirok etmoqda. Aris shahrida 45 ming kishi yashaydi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting