Markaziy harbiy okrugida tarbiyasi og‘ir yoshlar “Bo‘lajak askar” aksiyasida ishtirok etdi(foto+video)

0

21-23 iyun kunlari Markaziy harbiy okrugiga qarashli harbiy qismda Samarqand viloyatida profilaktik hisobda turuvchi, tarbiyasi og‘ir 13 nafar yoshlar bilan “Bo‘lajak askar” aksiyasi o‘tkazildi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati ma’lum qildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

“Yoshlar oyligi” doirasida Markaziy harbiy okrug hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati Kengashi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda yigitlar 3 kun davomida harbiylardek hayot kechirishdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Egniga harbiy libos kiygan yoshlar harbiy qismning to‘laqonli a’zosi bo‘lib, kun tartibida belgilangan vaqtlarda harbiy mashg’ulotlarda qatnashdilar.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Yigitlar okrugda yaqinda tashkil etilgan sport vzvodi faoliyati bilan tanishdilar. Sportning boks va dyuzdyu turi bo‘yicha master klas mashg’ulotlarida qatnashishdi. Dinamik trenajyor orqali otish mashqlarini bajarishdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Tungi vaqtlarda esa konsert dasturi va vatanparvarlik ruhidagi filmlar tomosha qilishdi. Shuningdek, bo‘lajak askarlar okrugda yaqinda bunyod etilgan Simulyatsiya markazida bo‘lishdi. Yoshlar bu yerda harbiy xizmat va “ko’cha” hayoti hususida bahsga kirishishdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Aksiya yakunida insholar tanlovi o‘tkazilib, yaxshi natija ko‘rsatgan va ijobiy tafsiflangan yoshlarga Ichki ishlar organlari bilan kelishilgan holda hisobdan chiqarishga tafsiyalar berildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting