Mirziyoyev ikkinchi bosh prokuror ham nega ishdan olinganini aytdi

0

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis senatining 20-yalpi majlisida soʻzlagan nutqida, “xalol, pok va har bir qadamni qoʻyish oldidan 10 marta oʻylaydigan” boʻlgani uchun Nigʻmatulla Yoʻldoshevni respublika Bosh prokurori lavozimiga tayinlaganini maʼlum qildi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston.

Korrespondent.uz 153
Foto: Sputnik

Mirziyoyev oʻz nutqi davomida mamlakatda qisqa vaqtda ikkinchi Bosh prokuror ishdan olinishi bejizmasligini, ishdan olingan bosh prokurorlar korruptsiyaga oʻralashganini aytib oʻtgan.

Davlat rahbari Oliy Majlis yigʻilishi ishtirokchilariga IIB rahbari Poʻlat Bobojonovni namuna tarzida keltirib oʻtgan.

“Men Bobojonovni halolligi, pokligi uchun Ichki ishlar organlariga rahbar etib tayinlagandim. Lekin u ham baʼzan berayotgan topshiriqlarimga chidashi qiyin boʻladi, lekin boshqa iloj yoʻq. Tizim rahbari halol boʻlishi kerak birinchi navbatda”, – deb taʼkidlagan Mirziyoyev.

Davlat rahbari Nigʻmatulla Yoʻldoshev ogʻir vaqtlarda murakkab lavozimga tayinlanayotganiga urgʻu berib, olti oydan soʻng undan tizim borasida toʻliq tahlili-hisobotni kutib qolishini maʼlum qilgan.

“Agar prokuratura organini tartibga keltirish mumkin emas, degan xulosa berilsa, men prokuraturani 50-60 foizga qisqartirib tashlayman. Shunga ahd qildim”, – deb aytgan prezident.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting