Shavkat Mirziyoyev Senat raisi lavozimiga Tanzila Norboyeva nomzodini taqdim etdi

0

21-iyun kuni Toshkentda Oliy Majlis Senatining yalpi majlisi ochildi.

Korrespondent.uz 148
Foto: “Gazeta.uz”

Kun tartibidan bir qator tashkiliy masalalar o‘rin olgan.

“O‘zbekiston 24” telekanaliga ko‘ra, Prezident Shavkat Mirziyoyev Senat raisi lavozimiga Bosh vazir o‘rinbosari — O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelgan Tanzila Norboyeva nomzodini taqdim etgan.

Eslatib o‘tamiz, Prezident farmoniga binoan Senat raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev O‘zbekiston Bosh prokurori etib tayinlangandi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting