Payshanba, 18-Iyul 2019

Toshkentda O‘zbekiston — AQSh biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

0

AQSh sertifikatlangan ilk savdo missiyasining O‘zbekistonga tashrifi doirasida Toshkentda 18—20-iyun kunlari O‘zbekiston — AQSh biznes-forumi bo‘lib o‘tdi, bu haqda O‘zA xabar qiladi.

Korrespondent.uz 144
Foto: O‘zA

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, mamlakatning Vashingtondagi elchixonasi tomonidan AQSh savdo vazirligi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbirda savdo, moliya, metallurgiya, aviatsiya, logistika, qishloq xo‘jaligi, mashinasozlik, ta’lim, sog‘liqni saqlash, farmatsevtika, geologiya, dasturiy ta’minot kabi sohalarda faoliyat yurituvchi vazirlik va idoralar, kompaniya va firmalar rahbarlari, biznes doiralar vakillari ishtirok etdi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov, Savdo-sanoat palatasi raisi A.Ikromov va boshqalar Prezidentning Amerika Qo‘shma Shtatlariga tashrifidan ushbu mamlakat bilan ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarida yangi sahifa ochilganini ta’kidladi.

Ushbu tashrifdan so‘ng mamlakatda biznes yuritish istagida bo‘lgan AQSh kompaniyalari soni ortib, ular bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan istiqbolli qo‘shma loyihalar ko‘paydi.

Tadbirda amerikalik ishbilarmonlarga mamlakatda savdo-investitsiya, qurilish, energetika, transport, moliya, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, to‘qimachilik kabi sohalarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan istiqbolli loyihalar taqdim etildi, qator yo‘nalishlar bo‘yicha foydali bitimlar imzolandi.

“O‘zagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati tomonidan AQShning General Electric, John Deere va CAT/Zeppelin kabi kompaniyalari vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar so‘nggida mamlakatda qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarishni rivojlantirish, mahsulotlarni mahalliylashtirish, qo‘shma korxonalar tashkil etish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

“B2B” shaklidagi uchrashuvlarda AQSh savdo-investitsiya kompaniyalarining mamlakatda biznes faoliyatini yanada kengaytirish kabi masalalar yuzasidan fikr almashildi.

O‘zbekiston — AQSh biznes-forumi mamlakatlar savdo-iqtisodiy hamkorlik aloqalarini kengaytirishdagi manfaatli sheriklikni yo‘lga qo‘yish uchun o‘ziga xos platforma bo‘lib xizmat qiladi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting