Vitaliy Denisov Qozonning «Rubin» klubiga o‘tadi

0

«Lokomotiv» himoyachisi Vitaliy Denisov jamoasini o‘zgartirishi kutilmoqda. O‘zbekistonlik 32 yoshli futbolchi faoliyatini Qozonning «Rubin» klubida davom ettiradi.

Korrespondent.uz 136
Foto: www.fclm.ru

«Biznes Online» tomonidan xabar qilinishicha, Denisov erkin agent maqomida jamoasini almashtiradi. Uning «Lokomotiv» bilan shartnomasid yozda yakuniga yetadi. Ayni vaqtda himoyachi Qozonda tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda va «Rubin» bilan shartnoma imzolashga tayyorlanmoqda.

Vitaliy Denisov yakuniga yetgan mavsumni «Krilya Sovetov» klubida ijara asosida o‘tkazgan va 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirgan edi. Shuningdek unga ikkita sariq kartochka ham ko‘rsatilgan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting