Namangan tumani hokimi o‘zgardi

0

Shu yilning 19-iyun kuni xalq deputatlari Namangan tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Xabar.uz xabar berdi.

Korrespondent.uz 134
Foto: «Xabar.uz»

Sessiyada viloyat va tuman Kengashi deputatlari, viloyat hokimining o‘rinbosarlari, hokimlikning guruh, kotibiyat, bo‘lim boshliqlari, tuman faollari, huquqni muhofaza qilish idoralari rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdilar.

Tuman Kengashining sessiyasida tashkiliy masala ko‘rildi. Deputatlar 2017-yil 23-fevraldan beri tuman hokimi bo‘lib ishlab kelgan Shuhrat Abdulxayevich Davronovning o‘rniga Sadriddin Zokirovich Mo‘minovni Namangan tumani hokimi etib tayinlash to‘g‘risidagi viloyat hokimining qarorini bir ovozdan tasdiqladilar.

Ma’lumot o‘rnida, Sadriddin Zokirovich Mo‘minov 1970-yilda Namangan viloyati Chortoq tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 1991 yili Toshkent xalq xo‘jaligi institutini moliya-kredit yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi a’zosi.

Qayd etish joiz, Sadriddin Mo‘minov hozirgacha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting