Oʻzbekiston “Gruz-200” boʻyicha barcha harajatlarni koʻtaradi

0
43
marta oʻqilgan

Oʻzbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev “Gruz-200” boʻyicha barcha harajatlar Oʻzbekiston tomonidan toʻlanishini maʼlum qildi.

432-615x411
Foto: Фергана

“Oʻzbekiston fuqarolari uchun “Gruz-200” toʻlov jarayonini ancha yengillashtirish qarorini qabul qildik. Bu borada Rossiya Federatsiyasidagi vakillarimizga tegishli topshiriqlarni berganmiz. Agar avval “Gruz-200” toʻlovini amalga oshirish uchun patent va soliq toʻlovlari kvitantsiyalarini talab qilgan boʻlsak, hozirda bu hujjatlar talab etilmaydi. Oʻzbekiston davlati “Gruz-200″ boʻyicha harajatlarni toʻlashni oʻz zimmasigak oladi. Faqat bir jihatni eʼtiborga olish muhim bu yerda, Rossiya katta davlat, va agar hodisa mamlakatning olis nuqtasida sodir boʻlgan boʻlsa, u yerga yetib borish va hujjatlarni rasmiylashtirish jarayoni bir oz vaqt talab etishi mumkin”, – dedi Kudbiyev.

Vazir shuningdek, Oʻzbekiston hukumati Rossiya Federatsiyasining istalgan burchagida joylashgan vaqtinchalik saqlash markazlaridan ham oʻz fuqarolarini oʻz hisobidan chiqarib ketishga tayyorligini qoʻshimcha qildi.