Nufuzli xalqaro reyting agentligi Fitch Ratings Toshkentga “BB-” maqomini berdi

0

Nufuzli xalqaro reyting agentliklaridan biri Fitch Ratings Toshkent shahrining uzoq muddatli xorijiy va milliy valyutadagi kredit reytinglari darajasida “BB-” prognozli “Barqaror” maqomini tasdiqladi. Bu haqda poytaxt hokimligi ma’lum qildi, deb yozadi Sputnik Oʻzbekiston.

Korrespondent.uz 130
Foto: Sputnik

“Taʼkidlash joiz, bu poytaxtimizning mazkur yoʻnalishdagi ilk xalqaro eʼtirofidir”, – deyiladi xabarda.

Rossiya Federatsiyasi, MDH va Qoradengiz mintaqasi boʻyicha “Fitch Rating” agentligining mintaqaviy rahbari Dmitriy Surkov tomonidan Toshkent shahar hokimi J.Artikxodjayevga barqaror progonozli  “BB-” suveren kredit reytingini tasdiqlovchi sertifikat topshirildi.

Surkovning soʻzlariga koʻra, ushbu xalqaro darajadagi eʼtirof Toshkentning investitsiyaviy jozibadorligini oshiradi, poytaxt iqtisodiyoti xalqaro miqiyosda barqaror rivojlanayotganini tasdiqlaydi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting