Bosh vazir Netanyahu G‘o‘lon Tepaligidagi yangi manzilgohga prezident Tramp nomini berdi

0

Yakshanba kuni bahsli hududga tashrif buyurgan Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyahu G‘o‘lon Tepaligida qurilishi rejalashtirilayotgan yangi aholi manzilgohiga Tramp Tepaligi nomi berilishini tantanali e’lon qilgan.

Korrespondent-uz-119
Foto: AFP

Nom berish marosimida janob Netanyahu ushbu manzilgoh ixtilofli hudud yuzasidan Isroil suverenitetini tan olgan AQSh prezidenti Donald Tramp nomini ulug‘lashini ta’kidlagan.

Qurilish ishlari hali boshlanmagan bo‘lsada, janob Tramp nomi va AQSh-Isroil bayroqlari tasvirlangan taxtacha o‘rnatilgan.

Tanqidchilar janob Netanyahuning bu amalini lo‘ttibozlik va qonunsizlik, deb atagan.

Isroil asli Suriya yeri bo‘lgan G‘o‘lon Tepaligini 1967-yildagi urushda bosib olgan. Isroil bu joyni 1981-yilda annektsiya qilganidan beri uning yuzasidan Isroil suverenitetini tan olgan ilk davlat AQSh bo‘lgan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting