Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi ortdi

0
15
marta oʻqilgan

O‘zbekiston MDX davlatlari orasida Rossiyadan yuboriladigan pul jo‘natmalari hajmiga ko‘ra yetakchilik qilmoqda, deb xabar berdi Spot.

Korrespondent-uz-116
Foto: Sputnik

Jismoniy shaxslar O‘zbekistonga 2019-yilning birinchi choragida 818 million dollar pul o‘tkazdi. Ulardan 340 million dollarini Rossiya fuqarolari yuborgan. O‘tgan yilning xuddi shu davrida bu ko‘rsatkich 726 million dollarni tashkil etgan. O‘zbekiston, umuman olganda, Rossiyadan eng ko‘p pul yuboriladigan kam sonli mamlakatlardan biri bo‘ldi.

Masalan, Rossiyadan pul o‘tkazish bo‘yicha ikkinchi o‘rinni Tojikiston egallagan bo‘lib, 2019-yilda 462 million dollar o‘tkazilgan. 2018-yilda esa 487 million dollar o‘tkazilgan edi. Armanistonga pul o‘tkazish kamaygan. 2018-yilda 209 million dollar yuborilgan bo‘lsa, 2019-yilda 194 million dollar o‘tkazilgan.

Shu bilan birga, O‘zbekistondan Rossiyaga pul o‘tkazish hajmi keskin kamaygan. O‘tgan yili 103 million dollar o‘tkazilgan bo‘lsa, 2019-yilda bu ko‘rsatkich 75 million dollarni tashkil etdi.