Prokuratura Gulnora Karimova aktivlarini Oʻzbekistonga qaytarmoqda

0

Bosh prokuratura matbuot-kotibi Surayyo Rahmonova “Prokuratura organlarining 2019-yil 5 oylik faoliyati”ga bagʻishlangan brifingda idora Gulnora Karimovaning aktivlarini Oʻzbekistonga qaytarish boʻyicha xalqaro sheriklar bilan birgalikda ishlarni davom ettirayotganini maʼlum qildi, deb yozadi RIA Novosti.

Korrespondent-uz-111
Foto: anticorr.media

“Ayni vaqtda asosiy xorijiy sheriklar bilan hamkorlik olib borilmoqda, ular bizga bu ishda koʻmaklashishmoqda. Bu jarayonda biz uchun hech qanday toʻsiq yoʻq”, – degan Rahmonova Karimovaning aktivlarini Oʻzbekistonga qaytarish boʻyicha ishlar qanday kechayotgani haqidagi savolga javob berar ekan.

Xabarda aytilishicha, Karimova ayni paytda jazoni ijro etish muassasasida jazo oʻtamoqda. Uning salomatligi boʻyicha muammolar yoʻq.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonning birinchi prezidenti qizi umumiy tartibdagi koloniyaga joriy yil mart oyida oʻtkazilgan edi.

Toshkent 12 davlatda, shu jumladan Rossiyada Karimovaning boyliklarini hibsga olish tashabbusi bilan chiqqan, ularning umumiy miqdori 1,5 milliardan ziyod.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting