Oʻzbekiston TIV Hindistondagi fuqarolarga muhim ogohlantirish bilan chiqdi

0

Oʻzbekiston TIV Hindistondagi fuqarolarga ogohlantirish bilan chiqdi.

Korrespondent-uz-109
Foto: Facebook.com

Oʻzbekistonning Dehli shahridagi elchixonasi maʼlumotlariga koʻra, Hindistonning Bihar shtati aholisi zich joylashgan hududlarida oʻtkir ensefalit sindromi (Acute Encephalitis Syndrome) tarqalmoqda.

Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, qurbonlar soni 80 kishidan ortiq boʻlib, asosan bolalardan iborat. Mahalliy hokimiyat organlari kasallik tarqalishini bartaraf etish boʻyicha choralar koʻrmoqda.

“Shu munosabat bilan, Hindistondagi Oʻzbekiston fuqarolariga imkon qadar mazkur mintaqaga tashrif buyurmaslik va ehtiyot choralarini koʻrish tavsiya etiladi”, – deyiladi TIV xabarida.

Konsullik-huquqiy departamenti Hindistondagi Oʻzbekiston fuqarolari zarur holatlarda mamlakatning Dehli shahridagi elchixonasiga murojaat qilishlari mumkinligi eslatgan: (9111) 24670774, 24670775, 24105640

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting