Jo Bayden AQSh prezidentligi saylovoldi reytingida Trampni ortda qoldirdi

0
20
marta oʻqilgan

AQSh sobiq vitse-prezidenti va Demokratlar partiyasi vakili Jo Bayden Fox News telekanali tomonidan tuzilgan navbatdagi saylovoldi reytingida prezident Donald Trampni ortda qoldirdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Korrespondent-uz-108
Foto: The Guardian

AQSh prezidentligiga ehtimoliy nomzodlar o‘rtasidagi farq 10 foizni ( 49 foizga 39) tashkil etdi.

Boshqa demokratlarga solishtirganda ikkinchi o‘rinda Trampdan 9 foizga o‘tib ketgan Berni Sanders qayd etildi. Uchinchi o‘rinni 2 foiz farq bilan Elizabet Uorren egalladi.