O‘zbekiston: Human Rights Watch xodimi Stiv Sverdlouga hujum qoralanmoqda

0
28
marta oʻqilgan

Human Rights Watch tadqiqotchisini qo‘rqitish urinishi mustaqil guruhlarni yomonotliq qilish maqsadidagi kattaroq kampaniyaning tarkibiy qismi, deb hisoblaydi xalqaro tashkilot.

Korrespondent-uz-105
Foto: BBC

Human Rights Watch O‘zbekistondagi inson huquqlari poymol etilishi holatlarini kuzatib borayotgan tadqiqotchisi Stiv Sverdlou bilan Toshkentda 13-iyun kuni ro‘y bergan hodisani qoralab bayonot e’lon qildi.

Bayonotda Stiv Sverdlou bilan Toshkentdagi mehmonxonada ro‘y bergan hodisa og‘zaki hujum deb ataladi va bu O‘zbekistonda Human Rights Watchga qarshi, boshqa inson haqlari himoyachilari va jurnalistlarga qarshi olib borilayotgan kengroq miqyosdagi yomonotliq qilish kampaniyasining tarkibiy qismi deb ta’riflangan.

13-iyun kuni video bloger Sardor Komilov va u bilan birga bo‘lgan to‘rt kishi Human Rights Watch tadqiqotchisi Stiv Sverdlou yashayotgan mehmonxonaga borishgan. Sardor Komilov mehmonxona xodimlariga Sverdlouning oldiga kelganini aytgan, Sverlouning xonasiga qo‘ng‘iroq qilgan va o‘zini Human Rights Watchning yordamiga muhtoj inson huquqlari toptalgan qurbon deb taqdim qilgan.

Sverdlou pastga tushib kelganidan keyin Komilov va boshqalar Sverdlouni har tarafdan o‘rab olganlar, harakatlanishiga to‘sqinlik qilganlar, 20 daqiqa mobaynida tasvirga tushirganlar.

“Komilov Sverdlouga qator asossiz ayblovlar bilan og‘zaki hujum qilgan, bularning aksari oxirgi haftalarda Internetda paydo bo‘lgan bo‘htonlarning aksi bo‘lgan. Chiqib ketishlaridan oldin ular Sverdlouga, “O‘zbekistondan yo‘qol!”, deb aytganlar”, deyiladi e’lon qilgan bayonotda.

“Human Rights Watch ekspertimiz Stiv Sverdlouni va uning o‘zbek rasmiylari tomonidan sodir etilayotgan inson huquqlari poymol etilishini mukammal tadqiq etayotganini to‘la quvvatlaydi va ushbu sharmandali hujumni qoralaydi”, deydi xalqaro tashkilotning ijrochi direktori Kennet Ros.

Stiv Sverdlou bilan bo‘lgan hodisani O‘zbekiston ichkarisi va xorijdagi faollar ham qoralaganlar, bu mamlakat uchun sharmandali hodisa bo‘lganini ta’kidlaganlar.