O‘zbekiston energetika vaziri Mitsubishi kompaniyasi vakili bilan uchrashdi

0

13-iyun kuni O‘zbekiston Energetika vazirligida Mitsubishi kompaniyasi Xalqaro departamenti bosh menejeri, SOO kompaniyalari guruhi o‘rinbosari Kazuxiro Vatanabe bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Korrespondent-uz-104
Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

Uchrashuvda O‘zbekiston—Yaponiya iqtisodiy qo‘mitasi 15-yig‘ilishining amaliy-tashkiliy jihatlari muhokama qilindi. Shuningdek, energetika va neft-gaz sohasidagi yangi loyihalar xususida so‘z yuritildi.

Navoiy IESda zamonaviy bug‘-gaz qurilmalarining 3—4-bosqichi qurilishi, shuningdek, Mitsubishi kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan gaz turbinalari uchun xizmat ko‘rsatish va servis markazlarini tashkil etish shular jumlasidan.

Bundan tashqari Mitsubishi kompaniyasi MTO gaz-kimyo klasterlari yaratish bo‘yicha loyihalarda hamda O‘zbekiston gaz-transport tizimini modernizatsiya qilishda ishtirok etishga qiziqish bildirayotgani ta’kidlandi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting