Energetika vaziri Mitsubishi kompaniyasi vakili bilan uchrashdi(foto)

0

Kecha, 13 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligida Mitsubishi kompaniyasi Xalqaro departamenti Bosh menejeri, SOO kompaniyalari guruhi o‘rinbosari Kazuxiro Vatanabe bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Energetika vazirligi matbuot xizmati

Uchrashuvda O‘zbekiston-Yaponiya iqtisodiy qo‘mitasi 15-yig‘ilishning amaliy-tashkiliy jihatlari muhokama qilindi. Shuningdek, energetika va neft-gaz sohasidagi yangi loyihalar xususida so‘z yuritildi.

Navoiy IESda zamonaviy bug‘-gaz qurilmalarining 3-4 bosqichi qurilishi hamda Mitsubishi kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan gaz turbinalari uchun xizmat ko‘rsatish va servis markazlarini tashkil etish shular jumlasidan.
Tadbirda Mitsubishi kompaniyasi MTO gaz-kimyo klasterlari yaratish bo‘yicha loyihalarda hamda O‘zbekiston Respublikasi gaz-transport tizimini modernizatsiya qilishda ishtirok etishga qiziqish bildirayotgani ta’kidlandi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting