Samarqandlik yoshlar harbiylar hayoti bilan yaqindan tanishdilar(foto)

0

Bugun, 14 iyun kuni Samarqand shahridagi kollej va maktab o‘quvchilari Markaziy harbiy orkugiga qarashli harbiy qism hayoti bilan yaqindan tanishdilar. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati ma’lum qildi.

Dastlab o‘quvchilar harbiy akalaridan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Shundan so‘ng yoshlar uchun harbiy texnikalar va qurol-aslaha ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Shuningdek, Samarqand shahar Ma’naviyat va ma’rifat markazi bo‘lim boshlig‘i Xurshid Qumrullayev bilan harbiy xizmatchilar o‘rtasida davra suhbati tashkil etildi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting