Qanday qilib Android qurilmada har qanday faylni 1 soniyada topsa bo‘ladi

0

Google eng yaxshi qidiruvchi, biroq Android qurilmasidan qidirshga kelganda biroz oqsoqlaydi. Hatto faylning aniq nomini yozganingizda ham Google samarali natija bermasligi mumkin.

Fayl menejerlaridan ham foydlanish mumkin. Biroq uzoq skaner qilish jarayoniga vaqtingiz ketadi. Yaqina XDA-Dev yangi Fast Search dasturini ishga tushirdi. Dasur android tizimida ishlaydiga har qanday qurilmaning ichidagi fayllarni topishga yordam beradi.

Fast Search Android qurilma tarkibini indekslaydi va ma’lum vaqt yig‘ilgan ma’lumotlarni saqlab turadi. Bu qayta qidiruv jarayonida dasturning qurilma ichini qaytadan skaner qilmasligi uchun mo‘ljallangan.

Dastur juda qisqa vaqt ichida siz qidirgan fayllarni va tasodifiy mos keluvchi fayllarni topib beradi. Qidiruv uch bosqichda amalga oshiriladi: fayllar, dasturlar, kontaktlar va elektron pochta ichida. Topilgan faylni qayta nomlash va hatto o‘chirib tashlash ham mumkin.

Dasturdan foydalanish bepul va u hech qanday reklamalar ko‘rsatmaydi. Shuningdek, qo‘shimcha pullik xizmatlarni ham taklif qilmaydi. Dastur analogi Google Play’da mavjud emas.

Ko‘chirib olish  XDA-Dev