“Xalq banki” boshqaruvchisi bank seyfidan 100 ming dollar o‘mardi

0

2019-yil 6-fevral kuni Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumani hududida joylashgan AT “Xalq banki” Yozyovon tumani filiali xodimlari tomonidan bank g‘aznasidagi valyuta saqlash seyfida bo‘lgan pullar sanoqdan o‘tkazilganida, shu yerda bo‘lgan 100 000 AQSh dollari yo‘qligi aniqlangan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Korrespondent.uz 092

Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida ushbu jinoyatni Yozyovon tumani Guliston mahallasida yashovchi yuqoridagi bankning vaqtincha boshqaruvchisi 32 yoshli S.T., hamda ikki nafar shu bank xodimlari tomonidan sodir etilganligi aniqlanib, ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting